Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq "SHANGHAI SCHOOL" o'quv markazi (keyingi o'rinlarda — "Markaz") tomonidan e'lon qilingan ommaviy oferta (jamoat taklifi) hisoblanadi va Markazning barcha filiallarida amal qiladi. Kursga ro'yxatdan o'tish va/yoki kurs uchun to'lovni amalga oshirish orqali O'quvchi yoki uning ota-onasi/vasiysi (keyingi o'rinlarda — "Iste'molchi") ushbu oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilgan (aksept qilgan) hisoblanadi. Bu alohida qog'ozda imzolangan shartnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Markaz Iste'molchini (yoki uning voyaga yetmagan farzandini) tanlangan kursi bo'yicha tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq o'qitish majburiyatini oladi.
2.1. Davomat majburiyati: O'quvchi darslarga jadval bo'yicha o'z vaqtida kelishi shart. Kechikib kelish dars jarayoniga xalaqit berish deb baholanadi.
2.2. Akademik majburiyat: O'quvchi darsda berilgan uyga vazifalarni muntazam bajarishi, muntazam o'tkaziladigan unit test va level test imtihonlarida qatnashishi shart — bu bosqichlar majburiydir.
2.3. Ogohlantirish: Dars qoldirish haqida Markaz ma'muri dars boshlanishidan kamida 2 soat oldin ogohlantirilishi shart. Aks holda dars sababsiz qoldirilgan deb hisoblanadi.
2.4. Mobil qurilmalar: Markaz hududida va dars jarayonida telefondan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi. Darsga olib kelingan telefonlar dars boshlanishidan oldin o'chirib qo'yilishi (yoki maxsus qutilarga topshirilishi) shart va faqat dars tugagach yoqilishi mumkin. Qoida buzilsa, ma'muriyat telefonni vaqtincha olib qo'yish va faqat ota-onasi ishtirokida qaytarib berish huquqiga ega.
2.5. Chetlashtirilgan O'quvchi tomonidan joriy oy uchun to'langan mablag'lar qaytarilmaydi.
6.1. Barcha kelishmovchiliklar avvalo muzokaralar yo'li bilan, natija bo'lmaganda tegishli filial joylashgan hudud sudlarida ko'rib chiqiladi.
6.2. Ushbu oferta cheklanmagan muddatga amal qiladi va Markaz tomonidan istalgan vaqtda bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin; o'zgarishlar saytda e'lon qilingan kundan kuchga kiradi va allaqachon aksept qilingan shartlarga ta'sir qilmaydi.